Xususiy maktab oçganlarga yengilliklar berilmoqda

Matn1-fevral, 2024, 13:001 daqiqa0 koʻrish

Xususiy maktab oçganlarga yengilliklar berilmoqda

Prezidentning tegişli qaroriga (PQ-49-son, 31.01.2024-yil) köra, 2025-yil 1-yanvardan:

➖nodavlat umumiy örta taʼlim taşkilotlari faoliyatini yölga qöyiş uçun tijorat banklarining öz mablağlari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard sömgaça bölgan kreditlar böyiça, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oşadigan, lekin uning 1,5 baravaridan köp bölmagan qismini qoplaş uçun kompensatsiya taqdim etiladi;

➖nodavlat umumiy örta taʼlim taşkilotlari uçun binolarni yangidan qurgan yoki özining bino va inşootlarida umumiy örta taʼlim faoliyatini yölga qöygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga uşbu taʼlim taşkilotlari faoliyati bilan boğliq bölgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

➖2030-yil 1-yanvargaça yuridik şaxslarga öz mablağlari hisobidan nodavlat umumiy örta taʼlim taşkilotlari binolarini quriş bilan boğliq bölgan xarajatlarning foyda soliğini hisoblaşda 2 yil davomida teng uluşlarda çegirib taşlaş huquqi beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek