Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Jurabek laboratories «Dok-1 Maks»dan jabrlanganlarga 75 mlrd sömdan ortiq mablağni tölab berişga tayyor

Matn13-may, 2024, 15:462 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Jurabek laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd sömdan ortiq mablağni 3 yil içida tölab berişga tayyorligini bildirdi, evaziga Sardor Kariyevni ozodlikka çiqarişni söradi

Özbek-arab qöşma korxonasi hisoblangan Jurabek laboratories Özbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning ölimi va 16 nafar bolaning nogiron bölib qolişiga olib kelgan “Dok-1 Maks” jabrlanuvçilariga sud tomonidan belgilangan 75 milliard 756 million söm miqdoridagi maʼnaviy zararni 3 yil içida bölib-bölib tölab beriş taklifi bilan çiqdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Bunday iltimosnomani korxonaning ayni kundagi direktori Munira Kariyeva (u Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi) Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi raisi va apellyatsiya instansiyasiga kiritgan.

Munira Kariyeva Jurabek laboratories taʼsisçilaridan biri sifatida bu mablağlarni korxona daromadidan dividend sifatida yeçib olişini, bunga esa köproq muddat ketişini, MÇJ hisobidan birdaniga 75 mlrd sömni yeçib oliş imkoni yöqligini aytgan.

"Evaziga esa öğlim S.Kariyevga nisbatan qonunning insonparvarlik prinsipini qöllab, unga nisbatan tayinlangan 18 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini bekor qilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasi asosida yengillik berilişi va uni ozodlikka çiqarilişidan umidvorman. Sizdan uşbu maqsadga erişişimga yordam berişingizni iltimos qilaman", — deydi Munira Kariyeva.

Eslatib ötamiz, sud hukmi bilan Farmatsevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevga 18 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şuningdek, unga 2 yilu 6 oy muddatda davlat idoralarida rahbarlik lavozimida işlaş huquqidan mahrum qiliş tarzdagi qöşimça jazo belgilandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek