Davlatning mardlik qiliş payti keldi
Davlatning mardlik qiliş payti keldi
Bugun "Dok-1 Maks" işi böyiça öqilgan sud hukmidan söng, hammaning xayolidagi asosiy savol: bunça pulni kim va qaçon tölaydi?
Hukmga köra, vafot etgan va jabrlangan bolalarga jami 75 mlrd 600 mln sömlik kompensatsiya 7 nafar sudlanuvçi hisobidan solidar tartibda undirilişi belgilandi. Bu degani har bir sudlanuvçi uçun örtaça 10 mlrd 800 mln sömdan, yaʼni bugungi kungi rasmiy kurs böyiça 865 ming AQŞ dollaridan töğri kelyapti.
Ammo endi bu pullar qanday undiriladi? Va asosiysi qaçon undiriladi? Balki, 2-3 nafar sudlanuvçining nomida kattaroq mol-mulk bordir, ularni musodara qilib, tölab berilar. Ammo boşqa sudlanuvçilarning hisobida musodara qiliş mumkin bölgan heç qanday mol-mulk bölmasa, unda hukm ijrosi qanday bajariladi? Axloq tuzatiş işlari orqali olgan iş haqidan 30 yil davomida bölib-bölib tölaydimi? Yoki undirişning boşqaça çorasi bormi?
MIB bunga tayyormi? Uşbu hukm qonuniy kuçga kirgandan keyin MIB rahbariyati uşbu maʼnaviy zarar pullarini qanday undiriş rejalaştirilayotgani haqida brifing yoki matbuot anjumani qilib, maʼlumot bersa yaxşi bölar edi.
✅ TAKLIF: balki davlat qoplab, keyin undirib olar?
Balki uşbu maʼnaviy zararni davlat eng avvalo byudjet hisobidan tölab berib, keyin uşbu mablağni öşa 7 nafar sudlanuvçidan xohlasa 1 yilda, xohlasa 100 yilda undirib olişi kerakdir. Şaxsan men soliq tölovçi sifatida bunga mingdan ming roziman!!!
Yodingizda bölsa, «Human» xususiy bandlik agentligi xorijga işga yuboraman deb, 1086 nafar fuqaroni aldab, pullarini ömargan edi. Prezident topşiriği bilan jabr körganlarga uşbu mablağlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi maxsus jamğarmadan qoplab berildi, keyinçalik bu pullarni «Human» agentligidan undiriş çoralari körilişi aytildi.
Nega şu anʼanani sifatsiz dori içib vafot etgan yoki bir umrga nogiron bölib qolgan bolalar uçun qilmasligimiz kerak?
Bundan taşqari yangi Konstitutsiyamizning 55-moddasida quyidagiça norma mavjud:
"Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor şaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning örni davlat tomonidan qoplanişi huquqiga ega"
Uşbu modda avvalgisida yöq edi. Konstitutsiya tarğiboti paytida aytilgandiki, endi fuqarolar davlat organlarining mansabdor şaxslaridan zarar körsa, davlat tezda şu zararni fuqaroga qoplab beradi, keyinçalik öşa mansabdordan özi undirib oladi, deyilgandi.
Mazkur holatda ham aynan farmatsevtika sohasidagi mansabdor şaxslarning harakatlari (aniqroği harakatsizligi) tufayli şunça bola vafot etdi, yana şunçasi nogiron bölib qoldi. Yaʼni davlat organlarining ham aybi bor. Ana endi davlat ham mard bölib, zararni byudjetdan qoplab beriş çoralarini körişi kerak, menimça.
Balki allaqaçon Hukumat bu narsani rejalaştirgandir, şaxsan menda bu böyiça maʼlumot yöq. Lekin albatta şunaqa qilinsa, adolatdan bölar edi.
Farzand doği heç kimning boşiga tuşmasin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
