J.Ortiqxöjayev 9–18-yanvar kunlari Toşkentda har qanday majlislar ötkazişni taqiqladi
Toşkent şahar hokimi J.Ortiqxöjayev anomal sovuq kunlar davrida, ön kun davomida: 9 dan 18-yanvargaça şahar va tuman hokimliklarida, boşqarmalar va ularning tuman bölimlarida har qanday majlislar (jumladan Zoom şaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan çalğituvçi boşqa yiğilişlarni ötkazişni taqiqlaş haqida topşiriq berdi.
Şuningdek:
— qolipli non işlab çiqaruvçilarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazib beriş;
— markaziy va içki yöllar, köp qavatli uylar yölaklarini qor va muzlamalardan öz vaqtida tozalaşni taʼminlaş;
— tuğruqxonalar, şifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining issiqlik taʼminotini alohida nazoratga oliş, ulardagi mavjud elektr generatorlarini yoqilği bilan taʼminlaş, töxtovsiz işlaşi uçun şay holatga keltiriş;
— aholini jamoat transportidan foydalanişiga keng imkoniyatlar yaratiş va imkon qadar şaxsiy transport vositasidan foydalanmaslikni tavsiya etiş;
— köçada xizmat qilayotgan yöl harakati xavfsizligi xizmati va obodonlaştiriş xodimlarini issiq çoy va yegulik, ixçam termos idişlari bilan taʼminlaş çoralari köriladi va hokazo.
👉 @xushnudbek 👈
