Toşkentning ayrim köçalarida transport harakati qariyb bir oyga çeklanadi
🚧 Toşkentning ayrim köçalarida transport harakati qariyb bir oyga çeklanadi
❓Qaysi köçalar?
📍Zarafşon köçasining "Hyatt Regency Taşkent" mehmonxonasi qöriqlaş punkti va Matbuotçilar köçalari oraliğidagi qismi;
📍Istiqlol köçasining Amir Temur va Buyuk Turon köçalari oraliğidagi qismi;
📍Buyuk Turon köçasining Istiqlol köçasi kesişmasidan Yoşlar ijod saroyigaça bölgan qismi.
❓Qança muddatga?
2024-yilning 10-dekabridan 2025-yilning 15-yanvarigaça.
❓Nima sababdan?
🌲Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada ötkaziş, şuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini taʼminlaş hamda jamoat tartibini saqlaş maqsadida.
👉 @xushnudbek 👈

