Italiya Şveytsariyaga mağlub böldi va musobaqani tark etdi
Nimçorak finalning keça ötkazilgan dastlabki bahsida musobaqaning amaldagi ğolibi 🇮🇹Italiya terma jamoasi🇨🇭Şveytsariyaga mağlub böldi va musobaqani tark etdi.
Ikkinçi öyinda esa 🇩🇪Germaniya terma jamoasi 🇩🇰Daniyani yengib, çorak finalga yöl oldi. Ikkala tomonning hisobga olinmagan gollaridan taşqari, stadion ustidagi kuçli momaqaldiroq va çaqmoq sababli 35-daqiqadan keyin öyinning töxtatib qöyilişi esda qolarli holat böldi. Vaziyat yaxşilangaç, bahs töxtagan joyidan davom ettirildi.
🇪🇺 29-iyun kuni ötkazilgan uçraşuvlar natijalari:
🇨🇭Şveytsariya 2:0 🇮🇹Italiya
Gollar: Froyler 37’, Vargas 46’.
🇩🇪Germaniya 2:0 🇩🇰Daniya
Gollar: Xaverts 53’ (penalti), Musiala 68’.
➖➖➖➖➖➖➖
Bugungi uçraşuvlar:
21:00 🏴 Angliya — 🇸🇰 Slovakiya
23:59 🇪🇸 Ispaniya — 🇬🇪 Gruziya
🏴Angliya — 🇸🇰Slovakiya juftligi ğolibi çorak finalda 🇨🇭Şveytsariyaga qarşi bahs olib boradi. 🇪🇸Ispaniya — 🇬🇪Gruziya qarama-qarşiligida ğolib çiqqan jamoani esa yarim final ostonasida turnir mezboni 🇩🇪Germaniya kutmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


