Angliya va Niderlandiya Euro-2024 yarim finaliga yöl oldi
🏴Angliya 🇨🇭Şveytsariyaga qarşi öyinda birinçi bölib gol ötkazib yuborgan bölsa-da, öyin yakunida hisobni tenglaştirib, penaltilar seriyasida ğalaba qozondi va yarim finalga yöl oldi.
Turkiya prezidenti Erdöğan bevosita stadiondan kuzatgan 🇹🇷Turkiya va 🇳🇱Niderlandiya örtasidagi bahs esa kunning birinçi çorak final öyinidan farqli ölaroq keskin kuraşlar ostida ötdi. Turkiya birinçi bölib hisobni oçdi. Ammo Niderlandiya ajoyib kambekni amalga oşirib, ğalabani ilib ketdi va keyingi bosqiçga çiqdi.
🇪🇺 6-iyul kuni ötkazilgan uçraşuvlar natijalari:
🏴 Angliya 1:1🇨🇭Şveytsariya
(Penaltilar seriyasi: 5:3)
Gollar: Emboli 75’, Saka 80’.
🇳🇱Niderlandiya 2:1 🇹🇷Turkiya
Gollar: Akaydin 35’, De Vrey 70’, Gakpo 76’.
➖➖➖➖➖➖➖
Yarim final juftliklari:
9-iyul
23:59 🇪🇸Ispaniya — 🇫🇷Fransiya
10-iyul
23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🏴 Angliya
👉 @xushnudbek 👈



