Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Intellektual olimpiada doirasidagi «Zakovat» öyinida ham ğoliblar aniqlandi

Albom20-dekabr, 2023, 16:322 daqiqa0 koʻrish

Intellektual olimpiada doirasidagi “Zakovat” öyinida ham ğoliblar aniqlandi. Ular bilan tanişing:

🥇1-örin: Buxoro davlat tibbiyot instituti;
🥈2-örin: University of science and technology;
🥉3-örin: Özbekiston Milliy universiteti.

Ğolib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-örin: 100 million söm;
2-örin: 60 million söm;
3-örin: 40 million söm.

***

Endi birgina bahs qoldi. Bugun keçki payt Breyn-ring musobaqasining finalidan söng 2023-yilgi "Zakovat" Intellektual olimpiadasi yakunlanadi.

Breyn-ring finalida Namangan davlat universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoalari özaro kuç sinaşadi. Ğolib jamoa umumjamoa reytingida 🥉3-örinni qölga kiritadi va Prezident sovrini sifatida 1 mlrd söm, şuningdek jamoaga yana 100 mln söm mukofot beriladi.

Boşqaça aytganda, bugun 1,1 mlrd sömlik final köramiz.

Umumjamoa hisobida 🥇1-örinni qölga kiritgan universitetga Prezident sovrini sifatida 2 mlrd söm, 🥈2-öringa esa 1,5 mlrd söm topşiriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek