Ikkinçi mutaxassislikka qabul bugundan boşlanişi kerak
Ikkinçi mutaxassislikka qabul bugundan boşlanişi kerak. Hozirça qabul oçilmadi
2025/2026-öquv yilida ikkinçi va undan keyingi taʼlim (ikkinçi mutaxassislik) uçun talabgorlarni onlayn röyxatdan ötkaziş my.edu.uz portali orqali 10-avgustga qadar davom etadi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖ özlarining pasport maʼlumotlari, JŞŞIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖ diplom va uning ilovasi elektron nusxasini yuklaydi;
➖ öqimoqçi bölgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yönalişini tanlaydi.
Ikkinçi mutaxassislikka öqitiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
ℹ️ Maʼlumot uçun, ikkinçi mutaxassislik böyiça qabul parametrlari oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy taʼlim muassasasi kengaşi tomonidan belgilanadi.
👉 @xushnudbek 👈



