Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Yaxşi xabar: IELTS sertifikati olgan özbekistonlik yoşlar soni 4 yil içida 5 baravarga ösgan

Foto15-dekabr, 2024, 16:401 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

📈Yaxşi xabar: IELTS sertifikati olgan özbekistonlik yoşlar soni 4 yil içida 5 baravarga ösgan

IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoşlar soni 2020-yilda 10 ming 152 nafarni taşkil etgan bölsa, joriy yilda 52 ming 706 nafarga yetgan.

Şuningdek, 7-8 ball (C1 daraja)ni qölga kiritganlar soni 2020-yilda 1 ming 807 nafarni taşkil etgan bölsa, 2024-yil holatiga 13 ming 424 nafarni taşkil etmoqda. Öz navbatida bu 7,4 barobarga ösiş kuzatilganini anglatadi.

8,5-9 ball (C2 daraja)ga erişganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar bölgan, 2024-yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 58 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek