Muhim

C1 darajadagi til sertifikatini olgan yoşlar moddiy rağbatlantiriladi

Matn28-iyun, 2024, 14:411 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️C1 darajadagi til sertifikatini olgan yoşlar moddiy rağbatlantiriladi

Bu haqda Prezidentning tegişli qarori qabul qilindi. Unga köra:

➖ imtihon topşiriş xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari böyiça ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoşlarni imtihon topşiriş xarajatlari qoplab berilişidan taşqari öqiş xarajatlarini qoplaş uçun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming söm) miqdorida bir martalik moddiy rağbatlantiriş tizimi joriy etiladi;

➖ 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvargaça yoşlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari böyiça xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topşiriş xarajatlari qoplab berilişi uçun ular tomonidan töplanişi lozim bölgan ballning (sertifikat darajasining) minimal körsatkiçi bir poğona pasaytiriladi.

✔️ 2024–2026 yillarda oliy taʼlim taşkilotlarining xorijiy til filologiyasi taʼlim yönalişi böyiça 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy örta, örta maxsus va professional taʼlim taşkilotlarida öqituvçi sifatida mehnat faoliyatini amalga oşirişiga ruxsat etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek