Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

Xususiy sektordagi ayollarga sal kam 2 mln sömlik homiladorlik va tuğiş nafaqasi tölab beriladi

Matn21-sentabr, 2022, 20:371 daqiqa0 koʻrish

Xususiy sektordagi ayollarga sal kam 2 mln sömlik homiladorlik va tuğiş nafaqasi tölab beriladi

Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy suğurta tizimini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga köra, budjet taşkilotlaridan taşqari barça yuridik şaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz iş stajiga ega bölgan ayollarga davlat byudjeti hisobidan homiladorlik va tuğiş nafaqasi tölanadi.

Nafaqa minimal isteʼmol xarajatlarining 4 baravari miqdorida böladi. Bu 1 mln 992 ming söm degani.

❓Nafaqani oliş tartibi qanday?

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bolniçniy list) nafaqa tayinlaş va tölaş uçun asos böladi.

Nafaqa homiladorlik va tuğiş böyiça mehnatga layoqatsizlik varaqasi töğrisida SSVning "Tibbiyot" axborot tizimidan olingan elektron maʼlumotlar asosida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi tomonidan fuqarolarning murojaatlarisiz "proaktiv şakl"da tayinlanadi.

Nafaqa har oyning 4-sanasiga qadar maxsus jamğarma hisobidan "Xalq banki"ga ötkazib beriladi.

Tölovlar nafaqa oluvçilarning bank plastik kartasiga (har oyning 10 sanasigaça) yoki naqd pul körinişida (har oyning 27-sanasigaça) beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek