Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

Hukumat Davlat fuqarolik xizmatçilari odob-axloqining namunaviy qoidalarini tasdiqladi

Hujjat17-oktabr, 2022, 10:461 daqiqa0 koʻrish

Davlat fuqarolik xizmati odob-axloq qoidalari.pdf

PDF · 1,7 MB

Yuklab olish

Hukumat Davlat fuqarolik xizmatçilari odob-axloqining namunaviy qoidalarini tasdiqladi. Unga köra, davlat xizmatçisi halol, kamtar bölişi, jamoatçilik tanqidiga yöliqmasligi, tanqidga uçraganda esa taʼqib qilmasligi, birovning manfaatini közlab sovğa, foyda va mukofot olmasligi lozim.

Komandirovkalarda sarf-xarajatlarni birovning hisobidan amalga oşirmasligi, ijtimoiy tarmoqlarda sökinmasligi, davlat idoralari va mansabdor şaxslarni ğiybat qilmasligi, islohotlarga işonçsizlik uyğotadigan materiallarni joylaştirmasligi lozim.

Rahbarlar esa mahalliyçilikka, uruğ-aymoqçilikka, taniş-bilişçilikka, guruhbozlikka yöl qöymasligi, faqat öziga "sadoqatli" kadrlarni östiriş bilan şuğullanmasligi, favoritizmdan tiyilişi lozim.

Davlat xizmatçilari, şuningdek, işdan taşqari payti şuhratbozlikdan, maişatbozlikdan, içkilikbozlikdan tiyilişi kerak, kafe-restoranlarda haddini bilib ötirişi, öziga bevosita yoki bilvosita aloqador davlat idoralari yoki çinovniklardan, davlat xizmatçilaridan sovğa olmasligi kerak. GAI va şunga öxşaş holatlarda xizmat guvohnomasini körsatib, döq urmasligi kerak.

Xizmat maşinasidan şaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi, özining şaxsiy maşinasidan foydalanganda esa tartib-taomillarga amal qilib haydaşi, yöl qoidalariga qatʼiy rioya qilişi zarur.

Davlat xizmatçilari etikasini buzgan xodimlar intizomiy jazoga tortilişi hamda ogohlantirilişi, rasmiy uzrnoma keltirişi, tanbeh berilişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek