Muhim

Homiladorlik va kasallik nafaqalari «Baraka» ijtimoiy kartasiga ötkaziladi

Foto26-avgust, 2026, 18:121 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga ötkaziladi

Yangi tartibga köra, homiladorlik va tuğiş hamda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqalari tayinlangaç, tegişli mablağlar fuqaroning “Baraka” ijtimoiy kartasiga töğridan töğri ötkazib beriladi.

Agar fuqaroning “Baraka” kartasi mavjud bölsa, qöşimça ariza beriş, bankka boriş yoki alohida hisob raqami oçiş talab etilmaydi.

Karta mavjud bölmasa, nafaqa tayinlangaç, fuqaro uçun “Baraka” mobil ilovasi orqali virtual ijtimoiy karta avtomatik oçiladi va mablağlar şu kartaga ötkaziladi.

Kasallik nafaqasi tayinlangan fuqarolarga “Baraka” ijtimoiy kartasi bepul rasmiylaştirib beriladi. Jismoniy plastik karta kerak bölsa, uni mobil ilova orqali buyurtma qiliş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek