Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Hojatxona mavzusini davom ettirib: bu uyatli mavzu emas

Matn28-aprel, 2023, 18:012 daqiqa0 koʻrish

Hojatxona mavzusini davom ettirib: bu uyatli mavzu emas

Nurbek Alimov ham keça şu mavzuda yaxşi post yozgan ekan. Ayrim tahrirlar bilan eʼlon qilyapman:

«Tualet bu inson hayotidagi eng muhim joylardan biri. Hozir begona yerda kirişdan köra, sabr qilib 10 minutdan keyin öz uyingdagi tualetinga kirişni afzal bilasanku töğrimi?

Uyida ğözapoyadan qilingan tualeti bor, lekin "Neksiya-3" minib yuradigan eşakmiyalar bor. Tualet temasini gapirişdan uyalişadimiyey, tabu (taqiqlangan mavzu) sifatida qaraydi.

Şaharda aylanib yurganingda qistab qolsa nima qilasiz, deb odamlarga savol berdim. Hammada deyarli bir xil javob: masjid, bank, kafe, zapravka...

Masjid beminnat (Ayollar-çi?), bank kiritadimi yöqmi savol, kafe yo zapravkadan biror narsa olmasdan tualetiga kirib çiqiş ham asablar uçun "tak sebe" maşğulot (darvoqe, “Korzinka”larda mijozlar uçun ham tualetlar bor).

Muhimi, savolimga heç kim "jamoat tualetlariga" deb javob bermadi. Xivaga borganimda markazda 3 ta tualet turibdi, hammasi yopiq. Eldor Asanov bilan bitta mehmonxonaga borib, resepşndan iltimos qilib kirib çiqqanmiz.

Maktab tualetlari haqidagi reportajlarni körib-ku, umuman ajablanmadim. Çunki bu narsalarni bilardim. Tumanlarda tualeti içkarida bölgan birorta maktab bölmasa kerak.

Ota-onam qariyapti, tizzasini bukib ötiriş qiyin bölsa kerak, unitazli tualet qiberay, demaydi bir akaxon. Aytsam, ensasini qotirganday böldi. Yaxşi pul topadi. Menga nima deymanu, mana bu yerda nimadir tösqinlik qiladi-da (izoh — vijdonim qiynaladi, demoqçi muallif).

Yöllarni böyida bir-ikkita yerda öziça tualet qilib qöygan bölişibdi. Lekin taqa-taq yopiq. Nariroqda odamlar yölning böyida, maşinasining orqasida hojatini çiqaryapti. Erkaklarga oson. Ayollar-çi?

Eng yomon körganim, begona yerda içidan qulflanmaydigan tualet. Kimdir kelsa, içkaridan biron narsa deyişing kerak va öşa biron narsa - bu yötaliş. Majburan özingni yötaltirişing kerak. "Takoy pozor". Şunçaki, eşik içidan qulflansin va kelgan odam yopiqligini körib, "ha, birov borakan" deb yöqolsin.

Şaxsiy qaraşim böyiça, hovlilarda uy içida unitazli alohida tualet va taşqarida ham ğiştli, eşiklari içidan yopiladigan tualet bölişi kerak. Mehmon kelsa, öşa taşqaridagi tualetga yönaltirib yuboriş kerak. Oila tualetiga begonalar kirmasligi kerak.

Xullas, baxtli yaşaş uçun eng avvalo qulay tualet va hammom qil. Qolgani keyin bölaveradi, maşina yoki qişda 2 ta xonasini isitib jon saqlaydigan yuz xonali uy va h.k.»

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek