Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Bizga «hojatxona inqilobi» kerak

Matn28-aprel, 2023, 20:433 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bizga "hojatxona inqilobi" kerak

Qaysidir taşkilot yoki amaldor buni öz zimmasiga olişi va jiddiy şuğullanişi kerak.

Köpçilik nomi hojatxona bilan assotsiatsiya bölib qolişni öylab, bunga jurʼat qilolmaydi. Ammo baribir kimdir buni boşlaşi va asosiysi oxirigaça oborişi kerak.

Masalan, sobiq turizm vaziri Aziz Abduhakimov bu işni yaxşi boşlagandi. Ayniqsa turizmni rivojlantiriş maqsadida heç bölmasa “zapravkalar”da hojatxonalarni epaqaga keltiriş taşabbusi boşlandi. Bu haqda maxsus Hukumat qarori ham çiqdi, 2020-yil 1-martdan boşlab hojatxonasi sanitariya talabiga javob bermaydigan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat körsatişiga yöl qöyilmasligi belgilandi. Öşa paytlarda reydlar ötkazilib, tualeti rasvo bölgan bir neçta “zapravkalar”ni yopişni ham boşlaşdi. Bu masala bilan vazirlikda Muhayyo Hayitova masʼul edi. Jamoatçilik orasida köpçilik tanimaydigan bu ayol aholini sifatli hojatxonalar bilan taʼminlaş, ahvolni yaxşilaş uçun katta hajmli işlarni qilganiga özim guvohman.

Ammo keyinçalik buni ham negativ qabul qiladiganlar böldi. "Voy-dod, bular tadbirkorlikka qarşi, bizni işlagani qöymayapti, “zapravkamizni” yopib qöyişdi" deb şantajlikka ötişdi. Vaholanki, şunça daromad olayotgan noinsof va boyvaçça tadbirkorlar mijozlar uçun bitta normal hojatxona qilib bermadi.

Yoki internetda "Özbekiston Hojatxona global sammiti böladi" degan xabarni ham qança prikol qilişdi. Xarajatlari xalqaro taşkilotlar tomonidan qoplanadigan va davlat byudjetidan pul ketmaydigan uşbu sammitni tuşunib-tuşunmasdan rosa ustidan kulişdi.

Şu sabab bölibmi, kim bilsin, xullas, bu boradagi işlar surʼati yana oldingidan ança pasaydi. Hozirgi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov jamoat hojatxonalari mavzusini unutib qöymaydi, degan umiddamiz.

Maktablarga kelsak.

Öz vaqtida Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov ham barça maktablar hojatxonasini yaxşilaş böyiça nimadir işlarni boşlagandi. Sanitar şaroitlarga ega namunaviy hojatxona maketi yasalgandi. Barça maktablarga ana şu maket asosida hojatxonalar qurişmoqçi edi. Unda suv saqlaydigan va isitadigan baçok, quyoş panellari bor edi, adaşmasam. Narxi ham imkon darajada minimallaştirilgandi. Hukumat ham bu taşabbusni qöllab-quvvatlagandi.

Ammo nima sabab tufayli bilmadim, bu loyiha boşlanmadi (yoki faqat 1-2 ta joyda bölib, ommalaşmadi). Budjetdan pul topilmadi şekilli.

Natijada haligaça öta rasvo va ahvoli noçor hojatxonalari bor maktablar juda köp. Ularning birortasiga na vazir, na hokimlar kiradi, ularning farzandlari ham unaqa maktablarga bormaydi.

Hozirgi maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovadan ham bu mavzuda jiddiy taşabbuslar kutib qolamiz.

Tuşunaman, hammasi oxir-oqibat pulga borib taqaladi, budjetdan pul topiş esa doim ham vazirning qölida emas. Ammo "sendan harakat, mendan barakat" deydi. Asosiysi puxta öylangan loyihalar, aniq reja va taşabbuslar bölsa, uyoği bir gap bölar. Byudjet pullarini birinçi navbatda taʼlimga qaratmasak, holimiz xarobligini doim aytamizu, ammo konkret pul ajratişga kelganda esimizdan çiqib qoladi.

Xullas, gapning pöst kallasi, bizga "hojatxona inqilobi" kerak. Bu haqiqatdan inqilob bölişi va hozirgi holatni jiddiy özgartira olişi kerak. Bunga taşabbus qilmoqçi bölgan amaldorlar esa nomi hojatxona bilan boğlanib qolişidan qörqmasligi kerak. Bu işning savobi va xalq uçun manfaati katta. Şuni unutmang.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek