Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Hikaru Nakamura — «Norway Chess» çempioni, Nodirbek Abdusattorov 9-örin

Albom10-iyun, 2023, 10:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hikaru Nakamura — “Norway Chess” çempioni, Nodirbek Abdusattorov 9-örin

Keça nufuzli “Norway Chess-2023” turniri öz yakuniga yetdi. Unda jonli strimlari bilan maşhur 🇺🇸Hikaru Nakamura çempion böldi. U oxirgi partiyada butun turnir davomida peşqadamlik qilib kelgan 🇺🇸Fabiano Caruana ustidan ğalaba qozondi va ğoliblikni ilib ketdi.

Hamyurtimiz 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov esa turnirda biroz muvaffaqiyatsiz qatnaşdi va 9-örinni egalladi. Lekin şunday bölsa-da, Nodirbek oxirgi 2 turda dunyo reytingi peşqadamlari bölgan Hikaru Nakamura hamda Magnus Karlsenni tay-brekda mağlub eta oldi. Nakamura bilan bahsda Nodirbek yaqqol ustunlik qilgan bölsa, yuqoridagi videodan körinadiki, Karlsen bilan bahsda Magnusning vaqti tugab qoldi.

“Norway chess-2023” turniri çempioniga 70 ming AQŞ dollari mukofot beriladi. Nodirbek Abdusattorov esa 12 ming dollar oladigan böldi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek