Harbiylarning farzandlari uçun qöşimça davlat granti kvotasiga ötiş ballari eʼlon qilindi

Foto16-avgust, 2026, 19:272 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Harbiylarning farzandlari uçun qöşimça davlat granti kvotasiga ötiş ballari eʼlon qilindi
#abituriyent

Kvota ajratilgan 8 ta taşkilot röyxati, kvotalar soni hamda ötiş bali yiqoridagi rasmda berilgan.

Eng past ötiş bali Milliy gvardiyaga töğri kelgan — 68 ball. Bu grant uçun minimal ötiş balining çegarasi. Yaʼni 68 dan kam olganlar şundoq ham grantga tavsiya qilinmaydi. Demak, katta ehtimol bilan Milliy gvardiya uçun ajratilgan 731 ta kvota tölmay qolgan bölsa kerak. Xullas, 68 balldan oşira olgan Milliy gvardiya xodimlarining barça farzandlari özlari tanlagan istalgan yönalişga 4 yillik grant asosida qabul qilingan.

Eng yuqori ötiş bali esa Içki işlar vazirligida — 167 ball.

Lekin boşqa jihati ham bor, Içki işlar vazirligi xodimlari uçun bundan taşqari alohida imtiyoz ham mavjud. U imtiyozga köra, IIV xodimlari uçun 1 ming 828 ta qöşimça grant kvotasi berilgan va u yerda ötiş bali 78,6 ball bölgan. Yaʼni 78,6 balldan oşirgan IIV xodimlarining farzandlari özlari tanlagan istalgan yönalişga 4 yillik grant asosida qabul qilingan.

Şunaqa gaplar. Buyoqda esa 189 ball bilan kimlardir kontraktga kiryapti, kimlardir esa 183 ball bilan öqişdan yiqilyapti.

A — adolat!

👉 @xushnudbek 👈

  • 13 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek