Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Harbiy xizmatçilarga ijara kompensatsiyasi 20 foizga oşiriladi

Matn25-fevral, 2025, 14:581 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Prezident qarori bilan:

➖2025-yil 1-martdan harbiy xizmatçilarga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uçun tölanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oşiriladi;

➖2025-yil 1-iyundan qonunçilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratiş körsatkiçlari asosida uy-joy bilan taʼminlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni ötagan harbiy xizmatçilarga turar joy sotib oliş (quriş) uçun ipoteka krediti olinişida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joy hisoblangan qiymatining 35 foizi miqdorida belgilanadi;

➖2025-yil 1-martdan yil yakunigaça Qurolli Kuçlarning kontrakt böyiça xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan taʼminlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatçilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uçun:

✅ Toşkent şahrida – BHMning 4,8 baravarigaça (1 mln 800 ming söm) miqdorda;

✅ Nukus şahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigaça (1 mln 350 ming söm) miqdorda;

✅ boşqa şaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida BHMning 2,4 baravarigaça (900 ming söm) miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi tölovlari belgilandi.

Oila aʼzolari 3 kişi va undan ortiq bölgan taqdirda harbiy xizmatçilarning uşbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oşiriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek