Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Harbiy tizimdagi organlarda xizmatni ötaş tartibiga özgartirişlar kiritildi

Matn22-avgust, 2024, 10:321 daqiqa0 koʻrish

❗️ Harbiy tizimdagi organlarda xizmatni ötaş tartibiga özgartirişlar kiritildi

21-avgust kuni prezident bu haqdagi qarorni imzoladi. Unga köra:

✅ Içki işlar organlarida xizmatni ötaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş kiritilib, maxsus unvonda xizmat ötaş muddatlarining ayrimlari quyidagiça belgilanadi:

➖“katta leytenant” – 3 yil;
➖“kapitan” – 4 yil;
➖“mayor” – 5 yil;
➖“podpolkovnik” – 6 yil”.

✅ Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni ötaş töğrisidagi nizomga özgartiriş kiritilib, maxsus unvonda xizmat ötaş muddatlarining ayrimlari quyidagiça belgilanadi:

➖“bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;
➖“bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;
➖“bojxona xizmati mayori” – 5 yil;
➖“bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.

✅ Fuqarolarining harbiy xizmatni ötaş tartibi töğrisidagi nizomga kiritilgan özgartirişga köra, harbiy xizmatçilar uçun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagiça belgilanadi:

➖“katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;
➖“kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;
➖“mayor” harbiy unvonida – 5 yil;
➖“podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.

✅ Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni ötaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş kiritilib, maxsus unvonda xizmat ötaş muddatlarining ayrimlari quyidagiça belgilanadi:

➖“katta leytenant” – 3 yil;
➖“kapitan” – 4 yil;
➖“mayor” – 5 yil;
➖“podpolkovnik” – 6 yil”.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek