Eron janubidagi portda katta portlaş sodir böldi
🇮🇷Eron janubidagi portda katta portlaş sodir böldi
26-aprel, şanba kuni Bandar Abbos şahri yaqinidagi Şohid Rejai portida sodir bölgan portlaşda 40 kişi halok böldi, 900 nafardan oşiq inson jarohatlandi.
Portlaş sababi hozirça rasman maʼlum qilinmadi. Ayrim farazlarga köra, port omborxonasidagi xavfli kimyoviy moddalar bunga sabab bölgan bölişi mumkin. Yana bir ehtimolga köra, portda saqlangan Eron ballistik raketalari uçun yoqilğiga notöğri işlov beriş oqibatida portlaş kelib çiqqan.
Mamlakat diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy portlaşga sabab bölgan har qanday beparvolik yoki qasddan qilingan harakatni aniqlaşni buyurgan.
Şavkat Mirziyoyev hodisadan söng Eron prezidenti Masʼud Pezeşkiyonga taʼziya maktubi yölladi. Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda şifo topişini tiladi.
👉 @xushnudbek 👈


