Energetika vazirligi: «Gazprom» bilan imzolangan hujjatda gaz transport tizimi berilişi yoki tahdid yöq
Energetika vazirligining rasmiy bayonoti: “Gazprom” bilan imzolangan “Yöl xaritasi”da gaz transport tizimi kimgadir berilişi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yöq
Joriy yil 24-yanvar kuni Özbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi örtasida gaz sohasida hamkorlik böyiça muzokaralar ötkazildi va unda Rossiyadan Özbekistonga tabiiy gaz yetkazib berişning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Imzolangan “Yöl xarita”ga muvofiq tomonlar örtasida tuzilgan Işçi guruh Qozoğiston va Özbekiston hududidan ötuvçi “Örta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oşiriş uçun zarur böladigan texnik çora-tadbirlarni va örganişni kelişib oldi.
Işçi guruh texnik jihatdan barça işlarni yakunlagandan söng, tabiiy gazni yetkazib beriş böyiça asosiy şartlar muhokama qilinadi.
❗️Şuni alohida taʼkidaş lozimki, olib borilgan muzokaralar hamda “Yöl xaritasi”da Özbekiston Respublikasining mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini töliq saqlagan holda içki bozorga tabiiy gazni zarur miqdorlarda yetkazib beriş maqsad qilingan. Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilişi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yöq.
Kelgusida uşbu yönalişdagi barça işlar Özbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini töliq himoya qilgan holda amalga oşirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravişda jamoatçilikka maʼlum qilib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈

