Endilikda Click, Paynet va boşqa ilovalarga begonalarning kartalarini biriktirib bölmaydi
💳 Endilikda Click, Paynet va boşqa ilovalarga begonalarning kartalarini biriktirib bölmaydi
Mobil ilovada röyxatdan ötgan foydalanuvçi akkauntiga faqat uşbu şaxs yoki yaqin qarindoşlariga tegişli bölgan bank hisobvaraği, bank kartasi va elektron hamyonlarni biriktirişi hamda uşbu akkaunt orqali P2P ötkazmalarini amalga oşirişi mumkin.
❌ Foydalanuvçining telefon raqami va JŞŞIRi mos kelişi tekşiriladi hamda moslik aniqlanmaganda mobil ilovada röyxatdan ötkaziş va bank kartasini biriktirişga yöl qöyilmaydi.
🖼 Kredit va tölov taşkilotlari foydalanuvçilarni biometrik identifikatsiyadan ötkazişda hayotiylik faktorlarini aniqlaşi şart, yaʼni rasm orqali identifikatsiya qiliş mumkin bölmaydi.
⌛️ Telefonga yuborilgan 1 martalik SMS xabar 3 marotaba notöğri kiritilganda, foydalanuvçining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqa davomida vaqtinça çeklanadi;
⛔ Mobil ilovadagi akkauntga boşqa qurilmadan kiriş yoki uning parolini qayta tiklaşda uşbu akkauntga boğlangan barça bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda çiqarib yuboriladi.
🗑 Şuningdek, uşbu qurilmada bank kartalari böyiça moliyaviy operatsiyalar tarixi öçirib yuboriladi.
🪪 Bunda, bank kartalarini biriktiriş biometrik identifikatsiyadan ötkazilgan holda amalga oşiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


