Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Endi deputat bölib saylaniş uçun 50 foizdan köp ovoz oliş şart bölmasligi mumkin

Matn10-oktabr, 2023, 16:072 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Endi deputat bölib saylaniş uçun 50 foizdan köp ovoz oliş şart bölmasligi mumkin

Taklif etilayotgan qonun loyihasiga köra, endilikda Parlament saylovlarida bir mandatli saylov okruglarida boşqa nomzodlarga nisbatan köproq ovoz olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanişi belgilanmoqda. Yaʼni avvalgidek mutlaq köpçilik (50%+1) emas, balki nisbiy köpçilik ovozi bilan deputatlar saylanişi nazarda tutilmoqda.

Hozirgaça ötgan saylovlarda deputatlikka nomzodlardan birortasi 50 foizdan ortiq ovoz olişi şart edi. Agar kimdir 50 foizdan köp ovoz ololmasa, öşa okrugda ikkinçi marta qayta saylov ötkazilar edi. Şu sababli ayrim okruglarda qayta saylov ötkazmaslik uçun nomzodlarning ovozlarini sunʼiy köpaytirib, 50 foizdan oşdi deb rasmiylaştirib qöyaverişardi. Axir qaysi nomzod qança ovoz olganini kim bilib ötiribdi. Çunki hali şu paytgaça birorta okrug yoki uçastkadagi ovozlar taqsimoti oçiq eʼlon qilinmagan.

Markaziy saylov komissiyasi doim buni sir saqlaydi va oçiq eʼlon qilmaydi. Şu sababli saylov qaydnomalariga istagan raqamni qöyiş mumkin, baribir heç kim tagini suriştirmaydi. Ayrim deputatlar rasman neça foiz ovoz bilan ğolib bölganini bilmasa ham kerak.

Balki endi 50 foizdan oşiq ovoz oliş talabi bekor bölganidan söng, ovozlarni okrug va uçastka kesimida eʼlon qiliş boşlanar, kim bilsin? Agar şu qoida kuçga kirsa, unda qayta saylov ötkaziş holati deyarli bölmaydi. Masalan, bitta nomzod 30,1%, ikkinçi nomzod 30,2% ovoz olsa ham ğolibni aniqlaş uçun kifoya qiladi. Faqat mabodo ovozlar soni teppa-teng kelib qolgan taqdirdagina (bunaqasi deyarli bölmasa kerak), qayta saylovga hojat böladi.

Lekin bu bilan yangi taklif etilayotgan tizim yaxşiroq, deb maʼqullamoqçi emasman. Bu bahsli taklif. Buni yaxşilab öylaş kerak. Heç bölmasa, aholining yarmi ham işonmaydigan nomzod deputatlikka loyiqmi özi, degan savol aktualligiça qolaveradi. Qaror qabul qilişga şoşmagan maʼqul. Jamoatçilik ham buni har tomonlama muhokama qilsa yaxşi bölardi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek