Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Saylov kodeksiga saylovlarni aralaş saylov tizimi asosida ötkazişni nazarda tutuvçi qoidalar kiritilmoqda

Foto10-oktabr, 2023, 12:401 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Saylov kodeksiga saylovlarni aralaş saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida ötkazişni nazarda tutuvçi qoidalar kiritilmoqda.

Bunda:
— saylov okruglarini 75 ta hududiy bir mandatli hamda yagona saylov okrugiga böliş;

— Qonunçilik palatasining 75 nafar deputati amaldagidek majoritar tizim asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari esa partiya röyxati böyiça proporsional tizim asosida yagona saylov okrugidan saylanişini belgilaş nazarda tutilgan.

❓Bularning bir-biridan farqi nimada?

1️⃣ Majoritar saylov tizimida saylovçilar şaxsga ovoz beradi, yaʼni öşa okrugdan körsatilgan bir neçta deputatlikka nomzodlardan birini tanlaydi.

2️⃣ Proporsional saylov tizimida esa saylovçilar şaxslarga emas, partiyalarga ovoz beradi. Saylovdan söng, qaysi partiya qança ovoz olganiga qarab, deputatlik örinlari taqsimlanadi va partiyalar öşa örinlarga deputatlar röyxatini özlari tasdiqlaydi. Masalan, qaysidir partiya saylovda 40% ovoz olsa, demak 75 ta deputatlik örnining 40 foizini, yaʼni 30 nafar deputatni tasdiqlaş huquqini qölga kiritadi. Yoki aksinça qaysidir partiya aytaylik jami 8% ovoz olsa, unda öşa partiya 6 nafar deputat röyxatini beradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek