Ekologiyaga zararli bölgan korxonalar şaharlardan taşqariga köçiriladi
❗️Ekologiyaga zararli bölgan korxonalar şaharlardan taşqariga köçiriladi
Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.
🗓 Unga köra, 2025-yil 1-maydan boşlab Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yönalişlarda yangi loyihalarni amalga oşiriş taqiqlanadi:
🔹asbest, sement işlab çiqariş, şlam va şlaklar;
🔹teri-könçilik, parrandaçilik fabrikalari;
🔹samaradorligi yuqori bölgan çang-gaz tozalaş inşootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi kömir yoqiş;
🔹qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralaşmalar bölgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan işlaş;
🔹xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub çiqindilarni qayta işlaş va yoqiş korxonalari.
❗️Şuningdek, Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda mahalliy hokimliklar 2025-yil 1-oktyabrgaça atrof-muhitga taʼsiri yuqori bölgan obyektlarni va energiya sarfi yuqori bölgan yönalişlardagi mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilgan holda Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlaridan bosqiçma-bosqiç köçiriş böyiça takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
👉 @xushnudbek 👈

