Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi
❗️ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:
➖ kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik örtaça daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oşmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etil tuşuniladi;
➖ töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
➖ turmuş örtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
➖ nogironligi bölgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida (ijarada) yaşayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning qiz farzandlari;
➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
✅ Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barça talabgor xotin-qizlarga beriladi. Yaʼni tavsiyanomalar soniga çeklov yöq, neça kişi töğri kelsa, barçasiga beriladi.
❗️Tavsiyonoma berildi degani, öqişga kirdi degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball oliş ham talab etiladi. Köpçilik tuşunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega öqişga qabul qilinmadim” deb eʼtiroz bildiradi.
#abituriyent
👉 @xushnudbek 👈

