Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Bugun oxirgi kun: abituriyent xotin-qizlar uçun tavsiyanoma olişga arizalar qabuli bugun tugaydi

Matn8-iyun, 2023, 11:402 daqiqa0 koʻrish

❗️Bugun oxirgi kun: abituriyent xotin-qizlar uçun tavsiyanoma olişga arizalar qabuli bugun tugaydi
#abituriyent

🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron şaklda qabul qilinadi.

👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

➖ kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik örtaça daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oşmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etil tuşuniladi;

➖ töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

➖ turmuş örtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

➖ nogironligi bölgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida (ijarada) yaşayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning qiz farzandlari;

➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

✅ Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARÇA talabgor xotin-qizlarga beriladi, soniga çeklov yöq.

⏳5 yil stajga ega xotin-qizlar uçun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uçun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi. Bir kişi ikkala tavsiyanomani olişi ham mumkin, şartlariga töğri kelsa böldi.

❗️ESLATMA: ötgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborişlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bölgani uçun joriy yilda ötmaydi.

‼️ Tavsiyonoma berildi degani, öqişga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball oliş ham talab etiladi. Köpçilik tuşunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega öqişga qabul qilinmadim” deb eʼtiroz bildiradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek