Muhim

DXX: Samarqandda elektr korxonasi rahbari, Toşkentda öqişga kiritişni vaʼda qilgan şaxs uşlandi

Video6-avgust, 2026, 10:353 daqiqa0 koʻrish

❗️DXX: Samarqandda elektr korxonasi rahbari, Toşkentda esa öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilgan şaxs uşlandi

Samarqand viloyatidagi tuman elektr taʼminoti korxonasi rahbari elektr tarmoğiga noqonuniy ulaniş oqibatida yetkazilgan 393 mln sömlik zarar böyiça jinoiy javobgarlikka torttirmaslik va zarar miqdorini kamaytirib körsatiş evaziga tadbirkordan 5 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Mansabdor iyul oyi oxirida 4 ming dollarni olgan. U qolgan 1 ming dollarni uçinçi şaxs orqali olgan vaqtida qölga olindi.

***

Şuningdek, poytaxtda muqaddam sudlangan şaxs fuqaroni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilib, 20 ming AQŞ dollari talab qilgan. U oldindan 13 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek