Tushuntirish

Davlat test markazi bugun bölib ötgan brifingda köp berilayotgan savollarga javob qaytardi

Matn15-iyul, 2020, 14:302 daqiqa0 koʻrish

Davlat test markazi bugun bölib ötgan brifingda köp berilayotgan savollarga javob qaytardi.

#abituriyent

❓ Savol: Abituriyentlar hozirda bitirganlik haqida diplomlarni qölga olgani yöq, bu hujjat topşiriş uçun tösqinlik qilyapti. Agar 20-iyulgaça diplomni olmasa nima böladi?

✅ Javob: Yurtimizda karantin çeklovlari joriy etilganligi sababli, joriy yil bitiruvçilariga şahodatnoma va diplomlar elektron şaklda yetkazilişi, asl nusxalari esa epidemiologik vaziyat yaxşilanganidan keyin topşirilişi belgilandi.

Joriy yil bitiruvçilariga qulaylik yaratiş maqsadida ularning tugatgan taʼlim muassasasi böyiça maʼlumotlari tegişli vazirliklardan, yaʼni, umumtaʼlim maktablari bitiruvçilarining maʼlumotlari Xalq taʼlimi vazirligidan, akademik litsey va kasb-hunar-kollejlari bitiruvçilarining maʼlumotlari Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligidan olinmoqda.

Ular röyxatdan ötişda tugatgan taʼlim muassasasi maʼlumotlarini kiritmaydi.

- - -

❓ Savol: Qizim kasb-hunar kollejini bu yil bitirdi. Diplomiga xato ketgan ekan, uni töğirlaşdi. Ammo onlayn röyxatdan ötişda diplomning oldingi xato seriyasi kiritilgan. Diplomning yangi seriyasini kiritiş muammo bölyapti.

✅ Javob: Yuqorida aytib ötilganidek joriy yil bitiruvçilari röyxatdan ötişda tugatgan taʼlim muassasasi maʼlumotlarini kiritmaydi. Çunki ularning maʼlumotlari tegişli vazirliklardan olinmoqda.

Hozirda tugatgan taʼlim muassasasida xatolik mavjud bölgan abituriyentlarning maʼlumotlari tegişli vazirliklar tomonidan tuzatilmoqda.

Röyxatdan ötiş yakunlangunga qadar mazkur maʼlumotlar Davlat test markazi bazasiga qayta yuklanadi.

❗️Yana boşqa şu kabi savol-javoblarni DTMning rasmiy Telegram kanali (@rasmiydtm)dan olişingiz mumkin. DTM nomidan oçilgan boşqa barça kanallar soxta! Bunday feyk kanallardagi barça maʼlumotlar ham işonçli emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek