Diqqat, Telegramda «virus» tarqaldi!
❗️Diqqat, Telegramda “virus” tarqaldi!
Iloji bölsa, bu xabarni köpçilikka yetkazing.
Telegramda şu kunlarda yangiça firibgarlik xabarlari tarqaldi. Sxema juda oddiy:
✅ Sizga biror tanişingizdan qisqa xabar keladi. Mazmuni turliça, masalan:
➖ Sörovnomada qatnaşayotgandim, sizning yordamingiz kerak;
➖ Mahalladan pul beryapti ekan, özim oldim;
➖ Men falon raqamdaman, menga ovoz bering va h.k.
✅ Siz bunga işonib, xabar tagidagi tugmani bosasiz. Ovoz berişingiz uçun profilga kirişingizni söraydi. Raqamingizni yozasiz, keyin kelgan SMS-kodni ham kiritasiz. Şu bilan tamom! Telegram profilingizga begonalar buzib kiradi. Va maxsus botlar hamma döstlaringizga sizning nomingizdan xabar yuboradi. Sizni bundan xabaringiz ham bölmaydi.
✅ Tekin pul olaman degan xomxayol ortidan plastik karta raqamingizni kiritsangiz, unda hamma pullaringizni yeçib olişadi.
‼️Qayta va yana qayta taʼkidlaymiz:
duç kelgan xabarga işonavermang, şubhali linklarni oçib körmang, tekin pul desa yugurib ketavermang, telefon raqamingizni har qayoqda yozib qoldirmang, SMS-kodni hammaga aytavermang yoki şubhali joylarga kiritmang, özingizni ehtiyot qilişga örganing, sodda bölmang.
👉 @xushnudbek 👈


