Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Davlat grantida öqiyotgan talabalar yana qayta öqişga topşirsa, kontrakt böladimi?

Foto12-iyun, 2025, 12:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Davlat grantida öqiyotgan talabalar yana qayta öqişga topşirsa, kontrakt böladimi?
#abituriyent

❗️JAVOB: Ötgan yili ilk marta ayrim abituriyentlarning şaxsiy kabinetida quyidagiça yozuv paydo bölgan edi:

Siz avvalgi yillarda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganingiz sababli joriy yilda davlat granti uçun tanlovda iştirok eta olmaysiz.

Şu böyiça izoh bermoqçiman. 2024-yil 25-maydagi Prezident farmoniga asosan yangi tartib belgilandi. Unga köra:

ikkinçi va undan keyingi oliy taʼlim tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi, şuningdek, oliy taʼlimning tegişli bosqiçiga davlat granti asosida öqişga qabul qilingan talabaga ikkinçi marta taʼlimning uşbu bosqiçi uçun davlat granti ajratilmaydi.

Farmonning mazkur bandidagi ikkinçi va undan keyingi oliy taʼlim haqidagi qoida yangilik emas, bu “Taʼlim töğrisida”gi qonunda ham bor edi. Yaʼni ikkinçi mutaxassislik doim tölov-kontrakt asosida böladi, unga davlat granti ajratilmaydi.

Farmon bandidagi yangi qoida ayni vaqtda talaba bölib turganlarga taalluqli edi. Yaʼni endilikda oliy taʼlimning tegişli bosqiçiga davlat granti asosida öqişga qabul qilingan talabaga ikkinçi marta taʼlimning uşbu bosqiçi uçun davlat granti ajratilmaydi.

❓Bu nima degani?

Eng avvalo, bu yerda töliq kontraktda öqiş haqida gap ketmayotganini taʼkidlaş kerak. Faqat talaba grantda öqigan bosqiçi uçungina grant ajratilmaydi. Masalan, 1-bosqiçga grantga kirgan talaba, kelasi yili yana qayta topşirsa, u 1-bosqiçda albatta kontraktda öqiydi, lekin özlaştirişi yuqori bölsa, 2-bosqiçdan davlat grantiga ötişi mumkin.

Agar talaba 2 yil davomida davlat grantida öqib, keyin fikri özgarib, boşqa yönalişga qayta topşirsa va talabalikka yana grant asosida qabul qilinsa, unda unga 2 yil davomida grant ajratilmaydi, kontraktda öqişga majbur böladi. Lekin 3 va 4-kursda davlat grantiga ötişi mumkin.

Joriy yilda ham xuddi şu tartib amal qilişda davom etadi. Yaʼni:

1) hozir talaba bölib turganlar ham abituriyent sifatida qayta hujjat topşira oladi;

2) mabodo davlat grantida öqiyotgan talaba topşirsa, u özi öqigan kursigaça grant ololmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek