Toşkent xalqaro aeroportida kutib oluvçilarga terminal içiga kiriş imkoniyati yaratildi

Albom11-iyun, 2025, 19:202 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

✈ Toşkent xalqaro aeroportida kutib oluvçilarga terminal içiga kiriş imkoniyati yaratildi

Aeroport uçib keliş zali rekonstruksiyasining birinçi bosqiçi yakunlandi. Uning doirasida zalning umumiy maydoni kengaytirildi, avtotransport va avtobuslar uçun yangi yölak qurildi, 120 örinli avtoturargoh taşkil etildi va yaşil hudud barpo etildi.

Şuningdek, qöşimça yuk karuseli örnatildi, terminal içida kutib oluvçilar uçun ilk bor 120 örindiqli hudud taşkil etildi.

Kutib oluvçilar maydonidan taşqari, qisqa muddatli töxtaş uçun zalga tutaşgan maxsus ajratilgan yölak oçildi. Endi zal oldiga taksida ham, şaxsiy avtomobillarda va avtobuslarda ham kiriş mumkin – yölakda turiş vaqti jönab ketiş zalidagi yölak kabi 10 daqiqani taşkil etadi.

Rekonstruksiyaning ikkinçi bosqiçini 2025-yil oxirigaça yakunlaş rejalaştirilgan. Uning davomida qöşimça yuk taşiş kamarini örnatiş, kafelar, dökonlar va boşqa xizmatlar joylaşgan kutib oluvçilar hududini kengaytiriş nazarda tutilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek