Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Davlat granti uçun çegara nima degani?

Foto27-iyul, 2024, 14:322 daqiqa0 koʻrish

❓Davlat granti uçun çegara nima degani?
#abituriyent

Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi uluşining çegarasi haqida köpçilik söramoqda. Bu raqamlar nimani anglatişini tuşuntiraman.

Eng avvalo uşbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Yaʼni maʼlum bir oliygohning qaysidir yönalişiga ajratilgan kvotaning şunça foizi miqdorida grant ajratilişi mumkin.

Keling, aniq misol bilan tuşuntiraman.

• Yurisprudensiya uçun jami davlat granti kvotasi — 115 ta;
• Yurisprudensiya uçun davlat granti uluşi çegarasi — 10%;
• Toşkent davlat yuridik universiteti jami kvotasi — 650 ta.

Masalan, yurisprudensiya uçun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant çegarasi belgilanibdi.

Bu degani, bitta oliygoh yurisprudensiya yönalişi uçun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini davlat granti şaklida olişi mumkin, qolgani kontrakt böladi.

Misol uçun, Toşkent davlat yuridik universitetiga jami 650 ta kvota ajratilgan. ❗️Bu grant va kontrakt uçun jami kvota hisoblanadi.

TDYU mana şu 650 ta kvotaning maksimum 10% qismini grant şaklida olişi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topşirgan abituriyentlar 65 ta grantgaça olişi mumkin. Qolgan 585 ta kvota kontrakt böladi.

65 ta bu maksimum çeklov. Grant undan kamroq ham bölişi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga boğliq.

ℹ️ Aytgança, joriy yilda TDYU uçun yagona yurisprudensiya yönalişiga qabul böladi. Avvalgi yillardagi kabi fakultetlar kesimida kvota tasdiqlanmagan. Talabalar keyinçalik fakultetlarga ajratiladi.

Agar yurisprudensiya uçun ajratilgan jami 115 ta grantning 65 tasini TDYU olsa, qolgan 50 tasi boşqa oliygohlarning yurisprudensiya yönalişida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi.

Ötgan yili Yuridik universitetga 25 ta davlat granti uçun kvota berilgandi. Bundan körinib turibdiki, yangi tizim, yaʼni grant kvotasini oliygohlar kesimida emas, yönalişlar kesimida tasdiqlaş amaliyoti aqlli abituriyentlarga köproq imkoniyat beryapti. Bu yaxşi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek