Buxoroda 5 nafar işçi kanalizatsiya quvurida oqib ketdi
Buxoroda 5 nafar işçi kanalizatsiya quvurida oqib ketdi
4-sentyabr kuni Buxoro tumanida Boğidaşt qişloği hududidan ötuvçi markaziy kanalizatsiya quvurida oğir hodisa yuz berdi.
Viloyat IIB xabariga köra, soat 12:02 da mahalla işçilari quvurlarni birlaştiriş maqsadida Suv va oqava taʼminoti böyiça injiniring kompaniyasining ruxsatisiz qopqoqni oçişgan. Jarayonda mehnatni muhofaza qiliş qoidalariga rioya qilinmagan. Natijada 5 nafar işçi quvurga tuşib ketib, kuçli oqimga tuşib qolgan.
Hodisa joyini közdan keçiriş davomida oqova suv uzatiş punktidagi quvurlardan 3 nafar fuqaroning jasadi topildi. Qolgan 2 nafar işçini qidiriş işlari davom etmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (odam ölimiga sabab bölgan mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozirda dastlabki tergov işlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈



