Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Bugundan Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uçun şartnoma beriş boşlanadi

Matn25-may, 2023, 10:322 daqiqa0 koʻrish

Bugundan Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uçun şartnoma beriş boşlanadi

➖Chevrolet Tracker

Avvalgi komplektatsiyalar:
LS - 211 454 880 söm;
LTZ - 231 196 000 söm;
Premier - 251 142 080 söm;

Yangilangan komplektatsiyalar:
LS Plus - 223 824 160 söm;
LTZ Plus - 246 981 280 söm;
Premier Plus - 276 016 160 söm;
Redline - 285 834 080 söm.

➖Chevrolet Onix

Avvalgi komplektatsiyalar:
Premier 1 - 207 347 000 söm;
Premier 2 - 214 748 000 söm;

Yangilangan komplektatsiyalar:
Premier 2 Plus - 221 640 160 söm;
Redline - 230 624 800 söm.

Şu örinda boşqa jihatga eʼtibor qaratgan iqtisodçi Otabek Bakirov quyidagiça yozmoqda:

“Monopolist Uzauto motorsʼning nayranglari qirq eşakka yuk böladi. Şaytonga dars beradi, lekin ommaga doim özini farişta körsatişga urinadi.

Ertadan goʼyoki "odoljeniye" qilib Onix uçun narxlarni oşirmay kontraktatsiyani tiklayotgan monopolist şu bahonada 149 mln. sömdan 159 mln. sömgaça bölgan eng arzon mexanika korobka, şuningdek, 185 mln. sömlik bazaviy avtomat korobka modifikatsiyalarini kontraktatsiya röyxatidan butkul olib taşlamoqda.

Ötgan yili noyabrda Onix uçun sotuvlar boşlanganida mazkur, nisbatan arzon modifikatsiyalar uçun şartnoma topiş öta muşkul bölsa-da, imkonli edi. 2023-yil yanvarida Onixʼning arzon modellari uçun kontraktatsiya yopilgani böyiça qayta tiklanmadi. Mana endi esa rasman, de-yure bekor bölmoqda.

Monopolistning örta va quyi daromadli isteʼmolçilarni jazolaşga va xörlaşga qaratilgan bu usuli ilgariroq Spark va Neksiya-3 sotuvlarida ham qöllanilgan”, — deb yozadi Bakirov.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek