Bugun şaxmatçilarimiz ajoyib kunni ötkazişdi
Bugun şaxmatçilarimiz ajoyib kunni ötkazişdi.
Yigitlarimizdan asosiy jamoamiz kuçli raqib hisoblangan Vengriya ustidan 4:0 hisobida mutlaq ğalabaga erişdi. Abdusattorov, Sindarov, Yakubboyev, Vohidov öz raqiblarini taslim etişdi.
Qizlarimizning asosiy jamoasi esa asosiy favoritlardan biri AQŞ ustidan ğalabaga juda yaqin edi. Afröza Hamdamova ğalaba qozondi, Umida Omonova hamda Nilufarxon Imomqöziyeva durang öynadi. Lekin Gulruhbegim Tohirjonova teng vaziyatda bitta xato tufayli mağlubiyatga uçradi. Natijada yakuniy hisob 2:2 durang böldi.
Yigitlarimizdan Özbekiston-2 Filippin ustidan ğalaba qozondi, Özbekiston-3 esa Avstriya bilan durang öynadi.
Qizlarimizdan Özbekiston-2 Tunisni, Özbekiston-3 esa Madagaskarni mağlub etdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 8 Telegram Stars



