Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

AQŞ terma jamoasi Özbekiston bilan durang öynay olganiga xursand böldi

Matn1-avgust, 2022, 19:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

AQŞ terma jamoasi Özbekiston bilan durang öynay olganiga xursand böldi

Tasavvur qilyapsizmi, Şaxmat olimpiadasining 1-raqamli jamoasi AQŞ bugungi bahsdan söng Özbekistonning yoş şaxmatçilari bilan, azbaroyi omadi kelganidan, durang öynaganiga xursand bölişdi. Biz esa alamli tarzda ğalabani qöldan berganimizga biroz xafamiz.

Gap şundaki, bugungi bahsda 1-stolda Nodirbek Abdusattorov (reyting oçkosi: 2688) özining ğalabali yurişini davom ettirib, 2018-yili jahon toji uçun kuraşgan va hozirda jahonning 5-raqamli şaxmatçisi Fabiano Karuana (2783) ustidan qora donalarda işonçli va juda çiroyli ğalabaga erişdi! Butun dunyo uuuuuuv deb yubordi.

2-stolda Nodirbek Yakubboyev (2620) jahon reytingida 6-örinda turgan Levon Aronyan (2775) bilan oq donalarda durang öynadi. Javohir Sindorov (2629) esa qora donalarda jahon reytingidagi 7-raqamli Uesli So (2773) dan mağlub böldi.

4-stolda esa Jahongir Vohidov (2564) Sem Şenklend (2720) bilan juda zör öynadi. 51-yurişga kelib Jahongir deyarli 99% lik ğalaba qozonişga yaqin edi. Butun dunyo böylab onlayn kuzatib turganlar AQŞ terma jamoasining sensatsion mağlubiyati haqida yoza boşladi. Ammo Jahongirning vaqti oz qolgani öz taʼsirini ötkazdi şekilli, 51-yurişda kutilmaganda qöpol xatoga yöl qöydi. Natijada ğalaba qöldan çiqdi, durang böldi. Biz uçun alamli durang. AQŞ uçun osmondan tuşgan baxtdek quvonarli durang.

Şunday qilib, umumiy hisobda 2:2 böldi. Jamoamiz hisobida uçta ğalaba, bir durang böldi.

Mayli, nima bölganda yigitlarga katta rahmat! Bugun barçasi juda kuçli öyin ötkazişdi. Buni hamma eʼtirof etmoqda. Baraka topinglar, şu iştiyoqni yöqotmanglar. Keyingi öyinlarda omad.

Qizlarimizda nima gap?

Qizlarimiz Dominikan Respublikasini 3:1 hisobida mağlub etdi. Nilufar Yakubboyeva va Umida Omonova durang öynadi, Maftuna Bobomurodova va Marjona Malikova ğalaba qozondi. Şunday qilib, qizlarimiz hisobida 3 ta ğalaba böldi. Ularga ham keyingi öyinlarda omad.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Vanihoyat 1 yillik blokirovkalar yeçilmoqda

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Testsiz ötayotgan 1-avgust!

    0 koʻrish2 daqiqa

Yana oʻqing