Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Bugun şaxmat olimpiadasi boşlanadi!

Albom11-sentabr, 2024, 10:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun şaxmat olimpiadasi boşlanadi! Özbekiston amaldagi çempion sifatida qatnaşadi

11-sentyabrdan 22-sentyabrga qadar Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida 45-Butunjahon şaxmat olimpiadasi bölib ötadi. Joriy yilda Open dasturida 193 ta, ayollar örtasida esa 181 ta jamoa qatnaşadi.

Özbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda qatnaşadi:

Erkaklar terma jamoasi:

🇺🇿 Nodirbek Abdusattorov
🇺🇿 Javohir Sindarov
🇺🇿 Nodirbek Yakubboyev
🇺🇿 Şamsiddin Vohidov
🇺🇿 Jahongir Vahidov

Qizlar terma jamoasi:

🇺🇿 Afruza Hamdamova
🇺🇿 Nilufar Yakubboyeva
🇺🇿 Umida Omonova
🇺🇿 Marjona Malikova
🇺🇿 Nodira Nodirjonova

Yigitlarimizga 1-turda 🇹🇹Trinidad va Tobago terma jamoasi raqib bölsa, qizlarimiz 🇭🇹Haiti bilan kuç sinaşadi.

Musobaqa jami şveytsarça formatda 11 ta turdan iborat böladi.

Eslatib ötamiz, Hindistonda bölib ötgan 44-Butunjahon şaxmat olimpiadasida Özbekiston erkaklar terma jamoasi çempion bölgan edi.

Kutilmalarim:

Yigitlarimiz eng avvalo çempionlik titulini himoya qilişi kerak. Albatta, bu oson bölmaydi, sababi ötgan gal Özbekistonni aksar jamoalar favorit deb hisoblamagan va bu xotirjamlik bizning foydamizga işlagan edi. Ammo joriy yilda şaxmatçilarimiz reyting jihatdan 4-raqamli jamoa sifatida qatnaşadi va jamoalar bizga qarşi bor kuçi bilan öynaşga harakat qiladi. Har qanaqasiga ham, Xudo xohlasa, jamoamizning kuçli uçlikka kirişiga işonyapman, aynan qaysi örin bölişi omadga ham boğliq, buni vaqt körsatadi.

Qizlarimiz esa 34-raqam ostida qatnaşmoqda va agar kuçli önlikka kira olişsa, menimça, missiya muvaffaqiyatli bajarildi desa böladi.

Şaxmatçilarimizga omad tilaymiz!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek