Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Bugun işga çiqqan xodimlar 1 soat vaqtli ketişi kerak!

Matn29-mart, 2025, 09:011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun işga çiqqan xodimlar 1 soat vaqtli ketişi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga köra, bayram kunlari arafasida har kunlik işning (smenaning) davomiyligi barça xodimlar uçun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 30-mart —  Ramazon hayitining birinçi kuni. Demak, bugun, 29-mart kuni işga çiqqan barça xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketişiga qonuniy haqqi bor.

Bugun şanba kunligi hisobiga şundoq ham köp taşkilotlarda qisqartirilgan iş vaqti belgilangan bölişi mumkin. Masalan, soat 15:00 gaça. Bunday hollarda ham bayram arafasida iş vaqti yana 1 soatga qisqartiriladi. Yaʼni xodimlar soat 14:00 da uyga ketişlari mumkin böladi.

Eslatib ötaman, bayramdan oldingi kuni işning (smenaning) davomiyligini qisqartiriş imkoni bölmagan uzluksiz işlaydigan taşkilotlarda va ayrim turdagi işlarda ortiqça işlaganlik xodimga qöşimça dam oliş vaqti beriş yoki xodimning roziligi bilan iş vaqtidan taşqari iş uçun belgilangan normalar böyiça haq tölaş orqali kompensatsiya qilinadi.

Maʼlumot uçun: bugun odatiy iş kuni taqvimi amal qiladi. 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga iş kuni.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek