Bir yilda 72 kişiga 616 mln söm evaziga soxta «prava» tayyorlab bergan şaxslar uşlandi
❗️Bir yilda 72 kişiga 616 mln söm evaziga soxta “prava” tayyorlab bergan şaxslar uşlandi
Aniqlanişiça, Davlat xizmatlari markazining mutaxassisi jinoiy şeriklari bilan birga fuqarolarga soxta haydovçilik guvohnomalarini rasmiylaştirib beriş bilan şuğullangan.
Ular bu işni ikki xil usulda amalga oşirişgan:
1️⃣-usul – jinoiy guruhning mijoz topiş bilan şuğullanuvçi vakillari fuqarolardan qalbaki haydovçilik guvohnomasi uçun olingan 500-1000 AQŞ dollari evaziga turli şaxslar orqali eski turdagi haydovçilik guvohnomasini qölbola usulda tayyorlab, fuqarolarga taqdim etgan.
Söngra, tuman DXM xodimiga pora beriş yöli bilan eski turdagi haydovçilik guvohnomalarini topşirib, örniga yangi turdagilari rasmiylaştirilişiga erişişgan.
2️⃣-usul – jinoiy guruhning mijoz topiş bilan şuğullanuvçi vakillari fuqarolardan qalbaki guvohnoma uçun olingan 10 ming dollarga qadar bölgan mablağ evaziga ularning “prava”si mavjud bölgani töğrisida hududiy YHXBlar maʼlumotnomalarini soxtalaştirib, ularga soxta QR kodli imzolarni qöyib fuqarolarga taqdim etişgan.
Söngra, ular tuman DXM xodimiga pora beriş yöli bilan uşbu soxta maʼlumotnomalarni taqdim etib, guvohnoma rasmiylaştirilişiga erişişgan.
📄 Bundan taşqari, yuqoridagi holatlar böyiça Boş prokuratura tomonidan viloyatlarda ötkazilgan tekşirişda yana 1 ming 200 dan ortiq qalbaki haydovçilik guvohnomalari aniqlandi.
❌ Hozirda barça fuqarolarning qalbaki hujjatlar asosida qölga kiritgan haydovçilik guvohnomalari bekor qilingan va hujjatlarni qalbakilaştirgan hamda ularni sotib olgan fuqarolarning özini ham jinoiy javobgarlikka tortiş masalasi körib çiqilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈



