Baxtiyor Islamov Oliy sud raisi etib saylandi
Baxtiyor Islamov Oliy sud raisi etib saylandi
Bugun Oliy Majlis Senatining öttizinçi yalpi majlisi bölib ötdi.
Unda senatorlar tomonidan sud tizimida hamda maʼmuriy organlarda rahbarlik lavozimlarida köp yillar mobaynida işlab kelgan Baxtiyor Djaxangiroviç Islamov Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi etib saylandi.
Senat xabarida aytilişiça, Oliy sudning sobiq raisi Kozimjon Kamilov salomatligi tufayli öz xohişi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etişni sörab murojaat qilgan va senatorlar uni lavozimidan ozod etiş töğrisida qaror qabul qilgan.
Maʼlumot örnida aytiş joiz, bugungi Senat yiğilişida Kozimjon Kamilov Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylandi.
👉 @xushnudbek 👈

