Barça darsliklar 2031-yilgaça töliq takomillaşgan alifboga ötkaziladi, bunga qöşimça xarajat ketmaydi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzYangi alifbo 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi. Amaldagi hujjatlar va milliy valyuta muomalada qoladi.❗️Barça darsliklar 2031-yilgaça töliq takomillaşgan alifboga ötkaziladi, bunga qöşimça xarajat ketmaydi
Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri örinbosari Azizbek Turdiyevning maʼlum qilişiça, qonun 2027-yildan kuçga kirsa, 1-sinf darsliklari yangi alifboda çop etiladi.
Amaldagi tartibga köra, 1-sinf darsliklari şundoq ham har yili qayta çop etiladi. 2-4-sinflar uçun darsliklar har 3 yilda yangilanişi kerak. 5-11-sinflar uçun esa har 5 yilda darsliklar yangilanadi.
Şunday qilib, 2031-yilgaça darsliklar öz navbati kelganda töliq yangi alifboda naşr etiladi. Buning uçun qöşimça mablağ talab etilmaydi.
Boşqaça qilib aytganda, takomillaşgan alifbo kuçga kirgan taqdirda ham, barça darsliklar muddatidan avval bittada qayta çop etilmaydi. Barçasi qonunçilikda belgilangan navbati kelgandagina almaşadi.
👉 @xushnudbek 👈

