Ayrim maktablar onlaynga ötadi, ayrim boğçalar esa ertaga ham işlamaydi
❗️Ayrim maktablar onlaynga ötadi, ayrim boğçalar esa ertaga ham işlamaydi
Ertadan öqiş boşlanişi eʼlon qilinganidan xabaringiz bor. Ammo ayrim hududlarda hali yetarli şaroitga ega bölmagan maktab va boğçalar öz faoliyatini boşlamaydigan bölyapti.
Bunda sovuq ob-havoga tayyor bölmagan ayrim maktablar onlayn öqişga ötişi rejalaştirilmoqda.
Jumladan, Toşkent şahar Çilonzor tumani hokimligining xabar berişiça, ertaga — 23-yanvardan boşlab tumandagi 10 ta maktab (66, 90, 103, 126, 128, 131, 164, 195, 200, 217-maktablar) anʼanaviy (offlayn) şaklda öqişlarni boşlaydi.
Ammo quyidagi 22 ta maktabda öqişlar onlayn tarzda böladi:
4, 79, 101, 114, 138, 162, 163, 168, 173, 178, 179, 181, 182, 183, 184, 188, 201, 202, 232, 270, 280, 281-maktablar.
‼️Şu sababli ota-onalar ertangi darslar haqidagi aniq maʼlumotni farzandlari öqiydigan maktablardan aniqlaştirganlari maʼqul.
👉 @xushnudbek 👈


