Avtobus haydovçilarining oyligini oşiriş böyiça körsatma berildi
Avtobus haydovçilarining oyligini oşiriş böyiça körsatma berildi
Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi 18-son avtobus saroyi faoliyati bilan tanişdi.
Yönalişlarga rejaga nisbatan 90-100 ta avtobus kam çiqmoqda. Köçalarda jamoat transporti ustuvorligi yölga qöyilmagan. Bularning oqibatida yölovçilar avtobuslarni 20-30 daqiqagaça kutişiga töğri kelmoqda.
Prezident bu holatni keskin tanqid qilib, ayniqsa, hozirgidek sovuq kunlarda bunga umuman yöl qöyib bölmasligini taʼkidladi. Şu bois kuçaytirilgan tartibda işlab, eng oğir yönalişlarga qisqa muddatda qöşimça avtobuslar qöyiş böyiça topşiriq berdi.
Buning uçun xususiy korxonalar avtobuslari ham jalb etiladi. Ularga xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun davlat tomonidan subsidiya beriladi.
Qatnovlar tezkorligi va xizmat sifatini taʼminlaş, haydovçilarning oylik maoşlarini oşiriş böyiça ham körsatma berildi.
Toşkent şahrida jamoat transportiga bölgan talabni töliq qondiriş uçun yana 1000 ta katta siğimli avtobus zarurligi, bu orqali avtobuslarning oraliq intervalini 7-10 daqiqagaça qisqartiriş mumkinligi taʼkidlandi.
👉 @xushnudbek 👈

