Asadxöja Möydinxöjayev Tahoe avtomobilida şahar köçalarida 110 km/soat tezlikda harakatlandi
Boks böyiça Parij olimpiadasi çempioni, "Özbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi Asadxöja Möydinxöjayev "Prezident sovğasi" sifatida berilgan Tahoe avtomobilida şahar köçalari böylab 110 km/soat tezlikda harakatlanib, uşbu harakati aks etgan videoni özining Instagram sahifasiga joyladi.
Hozirda uşbu video Instagramdan öçirilgan.
MJtKga binoan, Asadxöja belgilangan tezlikdan 50 km/soat tezroq yurgani uçun atigi 3 mln 60 ming söm jarima tölaşi kerak (9 barobar). Mukofotga berilgan 200 ming AQŞ dollarini hisobga olsak, hali yana bunaqa qoidabuzarlikni 823 marta takrorlasa bölar ekan.
Afsuski, barçasiga özimiz aybdormiz, özimiz... Instagramdagi video ostida 130 dan ortiq izohlar qoldirilgan bölsa, ularning atiga 1-2 tasigina qoidabuzarlik haqida edi. Qolganlar Asadxöjaning bu işini maqtagan, 🔥 va 👍 kabi emodjilarni qoldirişgan. Hatto bittasi "Kazyollar olğa, 80 dan oşirgani uçun GAIga yozib beringlar endi" deya izoh qoldirgan (aslida şahar içida 60 da yuriş kerak).
Hammasiga özimiz aybdormiz. Qoidabuzarliklarni maqtaymiz, buni köz-köz qilganlarni qöllab-quvvatlaymiz. Bunaqa qoidabuzarlarni "krutoy" deymiz, qoidaga amal qiladiganlarni "lox" deymiz. Qoidabuzarlarga qarşi kuraşganlarni "kazyol" deymiz.
Şu sababli har kuni köçalarimizda 10 ga yaqin insonlar avtohalokatdan vafot etaveradi. Kimlardir otasidan, kimlardir onasidan, kimlardir farzandidan ayrilib qolaveradi. Ming afsus...
❓Qoidabuzarligini internetga maqtanib joylaydiganlarning haydovçilik guvohnomasini bekor qiliş haqidagi qonun qaçon qabul qilinadi? Jarima ballari töğrisidagi qonunni qaçon oxiriga yetişadi? Özi umuman qaçon tartibga solinadi bunaqa holatlar? Qaçon qatʼiy javobgarlik belgilangan davrlarga kelamiz? Nega uxlayapmiz? Pulini tölab, istaganini qilsa böladigan qonunlar şarmandalik emasmi?
👉 @xushnudbek 👈

