Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Angren şahar prokuroriga intizomiy jazo qöllanildi

Video20-yanvar, 2023, 17:313 daqiqa0 koʻrish

Angren şahar prokuroriga intizomiy jazo qöllanildi

Toşkent viloyati prokuraturasining maʼlum qilişiça, Angren şahar prokurori Uluğbek Habiljonov faoliyatda yöl qöygan xato va kamçiliklari uçun intizomiy jazoga tortildi.

Biroz avval Angren şahar prokurorining qordan tozalanmagan maktabdagi videosi tarqalgandi. Unda prokuror "maktab hovlisi umuman tozalanmagan, öqituvçilari ham yöq, bekordan bekorga oylik olib yotişibdi. Hamma maktab öziga xulosa qilsin, aks holda biz xulosa qilamiz" degan gaplarni aytgandi.

Videoda Angren hokimi va şahar IIB boşliği ham borligi aytilgandi.

Natijada öqituvçilarni obodonlaştiriş işlariga jalb etilayotgani ijtimoiy tarmoqda köplab eʼtirozlarni keltirib çiqardi.

Bugun Uluğbek Habiljonov aytgan fikrlari uçun uzr sörab, öqituvçilarni hurmat qilişini hamda qattiq afsusdaligni bildirdi.

Uşbu masala böyiça maktab va maktabgaça taʼlim vaziri Hilola Umarova ham bayonot berib, Boş prokuratura rahbariyati bilan gaplaşganini va holat nazoratga olinganini aytgandi.

"Öqituvçi qadrlanmagan yurt heç qaçon taraqqiy etmaydi", - dedi vazir.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek