Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Ançadan buyon taʼlim muassasalariga kitob sovğa qiliş aksiyasini ötkazsak deb öylardim

Albom27-sentabr, 2022, 17:152 daqiqa0 koʻrish

Ançadan buyon taʼlim muassasalariga kitob sovğa qiliş aksiyasini ötkazsak, odamlarga buni tarğib qilsak, deb öylardim. Lekin buni qanday qilib tizimli taşkil etiş mumkinligini öylab, bir qarorga kelolmay turgandim.

Allohning marhamatini qarangki, şunday kunlarning birida Twitter’da bir inson zaruriyat tufayli şaxsiy kutubxonasini sotmoqçi ekanligini aytib qoldi. Yanada qiziq tomoni 170 ga yaqin kitoblarning deyarli barçasi xorijiy — ingliz, nemis, ispan, fransuz va portugal tillarida.

Bunaqa imkoniyatni qöldan bermaslik uçun darrov barça kitoblarni sotib oldim. Va ularni 2 qismga böldim.

Birinçi qismi — nemis, ispan, fransuz, portugal va qisman ingliz tilidagi 115 ta kitobni bugun Samarqandda Ipak yöli Xalqaro turizm universitetiga sovğa qildim.

Ikkinçi qismi — ingliz tilidagi 50 ta kitobni tez kunlarda özim tahsil olgan Toşkent davlat yuridik universitetiga sovğa qilişni niyat qildim, Xudo xohlasa.

Umid qilamanki, uşbu kitoblar talabalar uçun manfaatli böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek