Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Amaliy taklif: piyodalar ötiş joylari oldiga notarius budkaçalarini örnatiş kerak

Albom13-oktabr, 2022, 10:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Amaliy taklif

Özbekistondagi piyodalar ötiş joylari oldiga notarius budkaçalarini örnatişni taklif qilaman. Harna yöldan ötayotgan piyodalar bir yöla vasiyatnomasini yozib, notariusdan tasdiqlatib, keyin ötardida.

Sinov tariqasida birinçi şunaqa notarius budkasini Toşkentdagi Bunyodkor şoh köçasida, Xalqlar döstligi saroyi yonidagi mana bu piyodalar ötiş joyiga örnatiş kerak. Bu yerdan narigi tomonga ötmoqçi bölganlar 20 qatorlik maşina yölidan ötişga majbur. Heç qanday svetoforsiz!

Eng qiziği butun Özbekiston böyiça eng xavfli piyodalar ötiş joylaridan biri şundoqqina Parlamentimiz — Oliy Majlis Qonunçilik palatasi oldida joylaşgan. Va undan ham eng qiziği, bu ötiş yölidan deyarli har kuni deputatlarimiz ötib-qaytişadi (kamida narigi tarafga ötib, tuşlik qiliş uçun).

Naqadar ramziy joy bu, men sizga aytsam.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek