AI-80 avtobenzin uçun aksiz soliğini «nol» stavkada qöllaş muddati yil oxiriga qadar uzaytirildi
⚡️AI-80 avtobenzin uçun aksiz soliğini “nol” stavkada qöllaş muddati yil oxiriga qadar uzaytirildi
Bu haqda Prezidentning tegişli qarori qabul qilingan.
2022-yil 10-dekabrdagi qarorga köra, aslida AI-80 rusumli avtobenzin uçun aksiz soliğini “nol” stavkada qöllaşning amal qiliş muddati ertaga, 2023-yil 1-mart kuni yakuniga yetişi kerak edi.
Isteʼmolçilarning neft mahsulotlariga bölgan talabini qondiriş hamda narxlar barqarorligini taʼminlaş maqsadida import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolçilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uçun aksiz soliğini “nol” stavkada qöllaş muddati 2023-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi.
❗️Avvalroq 1-martdan “nol stavka” muddati tugaşi sababli benzin narxlari oşişi kutilayotgani xabar qilingandi. Endi imtiyoz muddati yil oxirigaça uzaytirilgani sababli benzin narxlarida özgariş bölmasa kerak (yana ham birja savdolariga boğliq).
👉 @xushnudbek 👈


